Qirg'iziston yangi parlamentga ovoz berdi


Saylovda 12 partiya ishtirok etgan.

Biroq muxolifat yetakchilari ular kampaniyadan chetlashtirilgani, ba’zilari do’pposlanganini aytmoqda.

Saylovda ishtirok 61 foiz deya qayd etilgan. Prezident Qurmanbek Bakiyevning “Ak-Jol” partiyasi parlamentdagi 90 o’rinning aksariyatini egallashi mumkin.

“Sotsial-demokratlar” partiyasi rahbari, sobiq bosh vazir Almaz Atambayev saylov adolatsiz o’tganini ta’kidlamoqda. Agar bu tasdiqlansa norozilik namoyishlari boshlanadi deydi u.

Oktyabr oyida o’tgan referendumda konstitusiya o’zgartirilgan, jumladan parlamentga partiyaviy tizim asosida ovoz berish yo’lga qo’yilgan edi. Referendumda ko’plab qonunbuzarliklar qayd etilgan edi.

XS
SM
MD
LG