Breaking News

Osiyoda xavfli virusning yangi ko'rinishlari aniqlangan


Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti parranda grippi xavfi haqida ogohlantirmoqda. Virus Pokistonda bir kishini hayotdan olib ketgan. Kasallik Birmada ham aniqlangan. Virus ayniqsa qishda avj olmoqda.

Tashkilot hisobotiga ko’ra, sovuq tushganda parrandalar tez-tez kasallanadi. H5N1 virusini tashuvchilar ham aynan shular.

Mikrobiolog Malik Peyris nam sharoitda virus uzoq vaqt yashirinib yotishi mumkin deydi.

"Virus mutatsiyaga uchrab, ya’ni shaklan o’zgarib, har xil sharoit va iqlimga moslasha oladi",- deydi u.

2003 yildan beri kasallik jahonda 200 dan ziyod odamni o’ldirgan. Aksariyati Indoneziya va V’yetnamda.

Infeksiya nafaqat parrandadan, balki odamdan ham yuqishi mumkin.

Malik Peyrisning aytishicha, pandemiya ehtimoli kuchli. 1918 yilda, deydi u,, shu kabi virus keng tarqalib, 40 million kishining yostig’ini quritgan.

XS
SM
MD
LG