Qirg'izistondagi saylovlar haqida o'zbekistonliklar nima deydi?


Qirg'iziston parlamenti 90 deputatalik o`rnidan iborat.

16 dekabr kuni o`tgan saylovlarda shuning uchdan ikki qismi prezident Kurmanbek Bakiyev yetakchiligidagi “Ak Jol” partiyasiga nasib etgan.

Qolgan o`rinlarni kommunistlar, sotsial-demokratlar va muxolifatdagi “Ata Meken” partiyasia’zolari egallashi mumkin.

Hozirda Qirg`iziston Markaziy Saylov Komissiyasining saylov natijalari haqidagi so`nggi xulosalari kutilmoqda.

Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarda qator qonunbuzarliklar bo`lganini ta`kidlamoqda.

“Ak Jol” partiyasi g`alabasini ta`minlash uchun hukumat ma`muriy choralarni ishga slogan deydi ular.

Har bir partiya parlamentga kirishi uchun mamlakat miqyosida 5 foiz, viloyatlarda 0,5 foiz ovoz olishi lozim edi.

“Ata Meken” partiyasi Oliy Sudga murojaat qilgach, partiyalarga qo`yilgan talablar yumshatilgan.

O`zbekistonlik kuzatuvchilar fikriga ko`ra:

“Prezident partiyasi o`zining ma’muriy resurslarini ishga solib, kutilmaganda katta g`alabaga erishdi. Demokratik qadriyatlar qo`pol ravishda buzilgan”, - deydi Toshpo`lat Yo`ldoshev.

Siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov saylovda muxolif partiyalarga qarshi to`siqlar joriy etilganiga, jumladan, viloyatlar, katta shaharlardan alohida ovoz to`plash talabi qo`ilganiga e`tibor qaratadi.

Kuzatuvchilar fikriga ko`ra, yaqinda Rossiyada o`tgan saylovlar ham Rossiya Dumasida muxolifat uchun o`rin qoldirmagan. Qozog`istondagi parlament saylovlari ham hukumatdagi partiya - “Nurotan”ning to`liq g`alabasi bilan tugagan. O`zbekistonda esa partiyalarning siyosatda umuman rol o’ynamasligi qayd etiladi.

Qirg`izistonda ham o’xshash vaziyat yuzaga kelmoqda, deydi mutaxassislar.

Siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov bunday qiyosga e`tiroz bildiradi.

“Qirg`izistondan farqli ravishda Rossiya Dumasida yana to’rt partiya ro`yxatga olingan. Qirg`iziston bilan Qozog`istonda esa hokimiyat bir partiya qo`lida. O`zbekiston parlamentida beshta partiya faoliyat yuritadi”, - deydi u.

Toshpo`lat Yo'ldoshev so’zlariga ko`ra, Qirg'iziston mintaqadagi avtoritar davlatlar qurshovida bo`lishiga qaramasdan mamlakatda siyosiy faollik kuchli. Saylov natijalari norozilikka sabab bo`lishi mumkin.

“Kurmanbek Bakiyev Putin va Karimovdan o’rnak olib, avtoritar davlat yaratmoqchi. Lekin demokratik kuchlar bunga qarshilik ko’rsatadi. Shuning uchun ham saylov natijalari barqarorlik uchun emas, beqarorlik uchun xizmat qilishi mumkin”, - deydi Yo’ldoshev.

XS
SM
MD
LG