Breaking News

AQSh Afg'onistondagi strategiyasini qayta ko'rib chiqmoqda


Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay fikriga ko’ra uning mamlakati terrorizm makoni emas, qurboni. Terrorchilarni Afg’onistondan tashqarida, ular joylashgan markazlarda yo’q qilish kerak, deydi Karzay.

Afg’on rahbari hech bir davlat nomini tilga olmagan, biroq odatda Pokistonga ishora qiladi.

Bu orada AQSh Afg’onistondagi harbiy strategiyasini qayta ko’rib chiqmoqda. Qo’mondonlaridan biri admiral Villiam Fallon vaziyatni baholash uchun mamlakatga tashrif buyurgan.

Karzay hukumati mamlakatning ancha qismlarini nazorat ostiga olgan bo’lsa-da, janub hamon jangarilar qo’lida.

Admiral Villiam Fallon AQShning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi qo’shinlarini boshqaradi. Uning aytishicha, asosiy vazifalardan biri Afg’onistonda faoliyat yurtayotayotgan davlatlar va tashkilotlar ishini uyg’unlashtirish.

Fallon xususan chegara hududlarini nazorat qilishda Pokiston bilan hamkorlikni olqishlagan.

AQSh qo’mondoni oxirgi bir necha oy ichida Afg’oniston sharqida xurujlar kamaygani koalitsiya harakatlari va rasmiy Islomobod bilan hamkorlik natijasidir deydi.

Ma’lumot almashish uchun AQSh, Afg’oniston va Pokiston hukumatlari qo’mita tuzgan. Asosiy e’tibor jangari faoliyati avj olgan janubga qaratiladi.

Admiral Fallonning xulosalari AQShning Afg’onistonga nisbatan kelasi yilgi strategiyasini belgilaydi.

XS
SM
MD
LG