Breaking News

Bush Yaqin Sharq tinchlik muzokaralarini jonlantirish umidida


AQSh prezidenti Jorj Bush 8 yanvarda Yaqin Sharqqa safar qilib, Isroil va Falastin rahbarlari bilan alohida uchrashadi.

O’tgan yil oxirida AQShda o’tgan xalqaro konferensiya mintaqada tinchlik jarayoniga turtki bergan edi.

2007 yilning noyabrida AQShning Merilend shtatida o'tgan anjumanda Isroil Bosh vaziri Yaxud Olmert va Falastin rahbari Mahmud Abbos muntazam ko’rishib turishga kelishib olgan edi.

Oq uy so’zlovchisi Dana Perinoning ta’kidlashicha, prezident Bushning yangi yilda Yaqin Sharqqa birinchi safari muloqotni jonlantirishga qaratilgan.

“Bush Falastin va Isroilni tinchlikka erishish imkoniyatini boy bermaslikka, Falastin davlatini barpo etishga undaydi,” - deydi Dana Perino.

AQSh prezidenti safari davomida Quvayt, Baxrain, Birlashgan Arab Amirliklari, Dubay, Saudiya Arabistoni va Misrda ham bo’ladi. Oq uy chiqargan bayonotda, mintaqadagi ittifoqchilar xavfsizligi AQSh uchun muhim deyilgan.

Matbuotga bergan intervyusida, Bush Isroil posyolkalarini kengaytirish rejasini Yaqin Sharq tinchligiga “to’g’onoq” deb ta’riflagan.

Uning mintaqaga tashrifi qisman Eron nufuzini pasaytirishni maqsad qiladi. Eron atom quroli yaratishga doir maxfiy dasturini 2003 yilda to’xtatgani haqidagi xulosalarga qaramay, Bush bu davlat hamon xavfli deydi.

XS
SM
MD
LG