Breaking News

Prezidentlikka ichki partiyaviy saylovlarda Obama, Xakabi oldinda


AQShda prezident saylovlari kampaniyasi avjida.

Ayova (Iowa) shtatida o’tgan ichki partiyaviy saylovlarda demokratlardan senator Barak Obama (Barack Obama), respublikachilar orasida esa Mayk Xakabi (Mike Huckabee) eng ko’p ovoz to’plagan.

Sobiq senator Jon Edvards (John Edwards) ikkinchi o’rinda, Xillari Klinton (Hillary Clinton) esa uchinchi o’rinni qo’lga kiritgan.

Demokratlar orasida birinchilikka erishgan senator Barak Obama AQShning ilk qora tanli prezidenti bo’lmoqchi. Saylovchilarga minnatdorchilik izhor etarkan, xalq siyosat o’zgarishini istaydi deydi.

To’rt yil oldin vitse-prezidentlikka harakat qilgan Jon Edvards Ayova shtatida ikkinchi o’rinda. Shtatda o’tgan ilk yig’inlar nomzodlar uchun katta sinov deb qaraladi.

Nyu-York shtati senatori Xillari Klinton shu yilning 4 noyabriga belgilangan saylovlarda albatta g’alaba qilaman deydi. AQShning bo’lajak prezidenti Demokratlar partiyasidan bo’lishiga ishonch bildirmoqda.

Ayovada respublikachilar orasida g’olib - Arkanzas shtati sobiq hokimi Mayk Xakabi. Boshqa nomzodlar qatori siyosat o’zgarishi kerak deb chiqmoqda.

Respublikachilar orasida undan keyingi pog’onada Mitt Romni (Mitt Romney), Fred Tompson (Fred Thompson) hamda nufuzli senatorlardan biri Jon Makkeyn (John McCain).

5 fevralga borib AQShning 20 dan ortiq shtatida dastlabki saylovlar bo’lib o’tadi.

XS
SM
MD
LG