Breaking News

Bush safaridan bir maqsad Eronning jilovini tortib qo'yish


AQSh prezidenti Jorj Bush Isroil va Iordaniya daryosining g’arbiy sohiliga tashrifini yakunlab, Quvaytga yo’l oldi.

Arab davlatlaridan Yaqin Sharq tinchlik jarayonini qo’llab-quvvatlashni so’raydi. Shuningdek, Eron nufuzini pasaytirishga qaratilgan choralar ko’rib chiqiladi.

Bush Isroil va Falastin o’rtasida tinchlik bo’lishiga ishonch bildirgan. Jarayonga bosh-qosh bo’lish uchun may oyida mintaqaga qaytadi. Tinchlik bitimi kelasi yil yanvar oyiga qadar imzolanishi mumkin, deyiladi Bush chiqargan bayonotda.

AQSh rahbari Isroilni Falastin hududlarini bo’shatishga, har ikki tomonni esa yon berishga chaqirgan. Falastin davlati barpo etilishi kerak deydi u.

Bush fikricha, bo’lajak tinchlik bitimi o’nlab tekshiruv punktlariga chek qo’yadi, Isroil chegaralarini kafolatlaydi hamda suveren Falastin davlati tuzilishini ta’minlaydi.

1967 yilda Isroil Iordaniya daryosining g’arbiy sohilini, Quddus sharqini va G’azo sektorini bosib olgan. Hozirda sektorning Xamas tomonidan nazorat qilinayotgani, deydi Bush, muammoli masala. Isroil va Falastin Quddus maqomi bo’yicha kelisha olmayapti.

G’arbiy sohilda prezident Bushning tashrifiga qarshi namoyishlar o’tgan. Namoyishchilar fikricha Bushning safari mintaqadagi muammolarga yechim bo’la olmaydi.

Safari yakunida Bush Isroilda xolokost qurbonlari xotirasiga qo’yilgan Yad Vashem yodgorligini ziyorat qilgan.

XS
SM
MD
LG