Breaking News

AQSh Eronga qo'ygan sanksiyalar ta'sirini o'lchash qiyin


Isroil rasmiylarining ta’kidlashicha, Eron Rossiya yetkazayotgan yadroviy yonilg’idan foydalanib atom quroli yaratishi mumkin.

Isroil Tashqi ishlar vazirasi Tsipi Livni, Moskvada hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvda, yadro muammosiga diplomatik yechim topishga chaqirgan.

Rossiya Eronning Busher yadro zavodini qurib bitkazishga ko’maklashyapti. Eronga BMT talablariga qaramasdan uranni boyitishda davom etayotgani uchun ikki marotaba sanksiya qo’yilgan.

Kelasi hafta Germaniya va BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari Eronga nisbatan qo’shimcha jazo choralari qo’llashni muhokama qilmoqchi. Qo’shma Shtatlar Xitoyni yangi sanksiya taklifini qo’llab-quvvatlashga chaqirmoqda.

Biroq sanksiyalar Eronga ta’sir qilayaptimi degan savolga javob yo’q.

AQSh Kongressiga ko’ra, ta’sir ko’lamini o’lchash qiyin chunki Tehron neftdan katta daromad oladi.

AQSh Moliya vazirligi nazarida esa Eron xalqaro sahnada tobora yakkalanib bormoqda, xususan bu mamlakatda davlat banklarining ishi qiyinlashgan. AQSh moliyaviy tashkilotlarni Eron bilan ishlamaslikka undab keladi.

AQSh Davlat departamenti rasmiysi Shon Makkormakning aytishicha, Eronga nisbatan bosim oshib boradi. Vaqt o’tishi bilan sanksiyalar ish berishi aniq deydi u.

AQSh Eronni BMT talablarini rad etayotganlikda ayblaydi. Shuningdek Eronni terrorizm homiysi deb hisoblaydi.

Eron boyitilgan uranni xohlagan payt yadro dasturini davom ettirish uchun qo’llashi mumkin, deydi Oq uy rasmiylari.

XS
SM
MD
LG