AQSh mudofaa vaziri: NATOning Afg'onistondagi qo'shini malakasiz


Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, NATO, AQSh mudofaa vaziri Robert Geytsning tanqidlarini rad etmoqda.

Geyts matbuotga bergan intervyusida, “NATOning Afg’onistondagi qo’shini o’z ishini bajarishga doim ham tayyor emas,” degan.

Robert Geyts fikricha, NATO Afg’onistonga safarbar etayotgan ba’zi harbiy maslahatchilar va qo’shinlar yetarlicha tayyorgarlikdan o’tmagan.

Pentagon so’zlovchisi Jeff Morrelning ta’kidlashicha, vazir NATOga a’zo muayyan davlatlarni tanqid qilmayapti. Balki tashkilotga jangari guruhlarga qarshi kurashda tayyorgarlikni oshirishni maslahat bermoqda.

Yaqinda AQSh Afg’onistonga qo’shimcha uch ming askar jo’natishga qaror qildi.

AQSh mudofaa vaziri o’tgan yili ham NATO faoliyatini tanqid qilgan edi. AQSh harbiylari nazarida, NATO mamlakatlari ko’proq havo hujumidan foydalanishni xush ko’radi.

Yevropalik qo’mondonlar fikricha esa AQShning Afg’onistondagi qo’shini yetarli emas. Pentagon o’zaro ayblovlarni shunchaki “tushunmovchilik” deb ta’riflamoqda.

XS
SM
MD
LG