Afg'onistonda qoradoriga qarshi kurash natija bermayapti


AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi sobiq elchisi Richard Xolbruk fikricha, AQSh Afg’onistonda qoradori sanoatini yo’q qilish uchun yiliga 1 milliard dollar sarflamoqda, lekin bundan hech qanday natija yo’q.

BMT ma’lumotlariga ko’ra, hozirda afyun ekinzorlari 193 ming gektar maydonni egallaydi. O’tgan yilgi hosil – 8,200 tonna. 2006 yilga qaraganda deyarli 20 foizga ko’p.

Elchi Xolbrukning aytishicha, xavfsizlik va narkotiklar bir-biriga chambarchas bog’liq. Afg’onistonning nisbatan tinch hududlarida ishlab chiqarish kamaygan. Pokiston bilan chegaradosh xavfli hududlar esa, aksincha, umumiy hosilning 80 foizini beradi.

Dehqon uchun boshqa imkoniyatlar yaratish haqida gap ko’p, lekin mamlakatning olis, tog’li qismlarida afyun ekish – ham oson, ham daromadli. Buning ustiga, deydi tadqiqotchi Barnett Rubin, narkotiklar biznesi ba’zi amaldorlar himoyasida.

AQSh sobiq diplomati Richard Xolbruk nazarida birinchi navbatda xavfsizlikni yaxshilash, bozorga olib boruvchi yo’llar qurish va dehqonga moliyaviy ko’mak berish kerak.

XS
SM
MD
LG