Breaking News

"Rossiyada demokratiyaning jasadi tepkilanmoqda"


Rossiyada o’tkazilgan so’nggi ommaviy so’rovlarga ko’ra, prezidentlikka nomzod Dmitriy Medvedevga saylovchilarning 80 foizi ovoz berishi mumkin.

Lekin, deya yozadi "Vashington Post" gazetasi, Vladimir Putin tavakkal qilmoqchi emas. Yaqinda Kreml tanqidchisi, sobiq bosh vazir Mixail Kasyanov poygadan chiqarildi.

Saylovni kuzatish qoidalari shunchalik cheklanganki, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti saylov jarayoniga xolis baho bera olmaydi. Nomzod Dmitriy Medvedev esa saylov-oldi teledebatlarda ishtirok etmasligini bildirgan.

Vladimir Putin sahnalashtirayotgan saylov, deydi gazeta, uning G’arb davlatlari bilan aloqalarini yanada salbiylashtiradi. Mixail Kasyanov fikricha esa, Rossiya siyosiy tizimini, sobiq Sovet Ittifoqi kabi, na ichkaridan, na tashqaridan o’zgartirib bo’ladi.

“Nyu-York Tayms” gazetasi, “Rossiyada demokratiyaning jasadi tepkilanmoqda” deya nomlangan maqolasida, G’arb anchadan beri Putinni oqlab kelar edi deydi. Chunki Eronning yadro dasturini jilovlashda Rossiya yordami kerak. Yevropa ham Rossiya neft va gaziga muhtoj.

Biroq G’arb rahbarlari, deya qayd etadi gazeta, bugungi achchiq haqiqat - Rossiyada demokratiyadan darak yo’qligini tan olishi lozim.

XS
SM
MD
LG