Breaking News

Karimov, Putin muzokaralardan xursand


Karimov O’zbekiston-Rossiya aloqalarini bugun har qachongidan-da mustahkam deb atab, davlatlar-aro chinakam hamkorlik yo’lga qo’yilgan deydi.

Putin Toshkent-Moskva munosabatlari o’zaro ishonchga asoslangan holda taraqqiy etaveradi deb umid qilmoqda.

Lekin bugungi muloqotda nozik masalalar ko’tarilgan. Karimov Rossiya rahbaridan tabiiy gaz va Turkmaniston gazi tranziti uchun ko’proq haq so’ragan.

Gazprom, kelushuvga asosan, bu yilning birinchi yarmida O’zbekistonga har ming kubometr gaz uchun 130 dollar to’laydi.

Ikkinchi yarmida gaz tabiiy gaz bahosi 160 dollarga ko’tariladi. Turkman gazi tranziti uchun Rossiya O’zbekistonga qancha berayotgani ma’lum emas.

Qozog’iston, masalan, o’z hududidan o’tadigan har ming kubometr gaz uchun Rossiyadan 1 dollar 40 sent oladi.

Islom Karimov fikricha, Putin Rossiya rahbari lavozimiga uchinchi muddatga saylanishi lozim, deb yozadi Rossiya matbuoti. Bundan hech kim afsus qilmagan bo’lar edi, mavjud siyosiy vaziyatda bu – eng munosib va ma’qul yo’l bolar edi. Afsuski, hozir bu taklifni amaliyotga tadbiq etish uchun kech, deydi Karimov.

Rossiya xalqi 2 mart kuni yangi prezidentni saylaydi. Konstitutsiyaga ko’ra, u o’z nomzodini ketma-ket uch marotaba taklif eta olmaydi.

Karimov va Putin qo’shma bayonot imzoladi. Bundan tashqari, ikki davlat hukumatlari o’rtasida iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi bitim hamda 2008-2012 yillarga doir sa’y-harakatlar dasturi ishlab chiqildi.

Rossiya va O’zbekiston “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish zavodi” va “Birlashgan avoasozlik korporatsiyasi” Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati o’rtasida o’zaro integratsiya jarayonini yo’lga qo’yishga kelishib olgan.

XS
SM
MD
LG