Putin G'arbni qurol poygasi haqida ogohlantirdi


Prezidentlik muhlati tugayotgan Vladimir Putin har bir sohada fundamental islohotlar qilish kerak deb chiqmoqda – sog’liqni saqlashdan tortib fuqaro jamiyati, soliqlar va mudofaagacha.

Putin NATOning kengayishini tanqid qilib, Rossiya bunga javoban qurollarini yangilaydi deydi.

Putinning ta’kidlashicha, so’nggi 8 yil ichida Rossiyada maosh va pensiyalar oshirilgan, korrupsiya kamaygan, xalqaro sahnada mamlakatning obro’si oshgan. Lekin, deydi u, islohotlar izchil o’tkazilmadi, iqtisodiyot neftdan tushayotgan daromadga tobe.

Putin fikricha Rossiya iqtisodiy sektorini tamoman yangilashi, tabiatga zararsiz texnologiyalarga o’tishi, transport, moliya va boshqaruv infratuzilmasini isloh qilishi zarur.

Davlat idoralaridagi byurokratiya, deydi Rossiya rahbari, taraqqiyotga to’siqdir. Biroq Andrey Kortunov kabi tanqidchilar nazarida aynan Putin boshqaruvi davrida yakkahokimlik avj olgan. Fuqarolarga ko’proq siyosiy erkinlik berish lozim.

Televideniye orqali namoyish etilgan chiqishida, prezident Putin Shimoliy Atlantika tashkiloti NATOning kengayishini hamda AQShning Polsha va Chexiyada mudofaa tizimi o’rnatish qarorini qoralagan. Rossiya o’z navbatida, deydi u, yangi, zamonaviy qurollar ishlab chiqaradi.

Rossiyada kelasi oy prezident saylovlari. Putin Dmitriy Medvedev nomzodini ko’rsatgan. Biroq xalqqa murojaatim saylov kampaniyasining bir qismi emas, deydi Putin.

XS
SM
MD
LG