AQSh qonunchilari Afg'onistondagi ahvoldan toqatsizlanmoqda


Bugun Nimro’z viloyatida politsiya avtomobiliga hujum uyushtirilib, 4 politsiyachi halok bo’lgan. Kechagi xurujda 2 kishi jon bergan edi.

AQSh qonunchilari fikricha, Afg’onistondagi o’gir yumushning asosiy qismi Qo’shma Shtatlar gardaniga tushgan.

Vaholanki, bu vazifani yolg’iz bajarib bo’lmaydi.

Eng katta muammo – afyun savdosi. Ko’knori dalalarini yo’q qilishning iloji bo’lmayapti. Jahondagi qoradorining 90 foizi Afg’onistonda yetishtiriladi.

Respublikachi senator Jon Vorner Davlat kotibi muovini Richard Baucherdan izoh talab qildi:

Richard Baucher ko’knori dalalari qisqarmaganini tan olar ekan, shu bilan birga muammo yechimi ustida ish olib borilmoqda. Jangarilarni moliyalovchi manbalar qidirilmoqda, deydi.

Biroq qonunchilar nazarida natija ko’rinmayapti.

AQShda asoslangan tadqiqot institutlari o’tkazgan 2 hisobotda qoradori muammosi bot-bot tilga olinadi.

Birida aytilishicha, NATO qo’shini g’alaba qilayotgani yo’q. Tolibon bilan najotsiz va samarasiz jangdan boshi chiqmay qolgan deyiladi unda. Baucher nazarida Afg’onistonda muvaffaqiyat qozonib, Tolibonni yer tishlatish uchun mahalliy hukumatning yordami zarur.

Afg’onistondagi janglarda NATOga a’zo barcha davlatlar ishtirokini ta’minlash masalasi shu kunlarda eng ko’p muhokama qilinayotgan mavzulardan. AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts harbiy blok a’zolaridan ko’proq qo’shin va aslaha jo’natishni so’ragan.

Shu kunlarda Germaniyadan yordam kutilmoqda. Germaniya parlamenti qaroriga ko’ra, mamlakatning NATO tarkibidagi harbiylari soni 3500 dan oshmasligi zarur. Nemis qonunchilari bu qonunni qayta ko’rib chiqmoqda.

XS
SM
MD
LG