Breaking News

Checheniston xalqi mag'rur, lekin urushlardan madori qurigan


Chechenlar azaldan mustaqillik uchun kurashib kelgan. O’tgan 14 yil ichida ikki qonli urushni boshdan kechirdi. Xalqi g’ururini boy bermagan, lekin urushlardan madori qurigan.

Bugungi Checheniston rahbarlari Rossiya tarkibida qolamiz deb ko’pincha qat’iyat bilan gapiradi. Mahalliy saylovlarda fuqarolar ishtiroki deyarli 100 foiz deb ko’rsatiladi.

Checheniston Markaziy Saylov komissiyasi rahbari Ismoil Bayxanov “odamlar hukumatga ishonadi” deydi. Uning aytishicha, so’nggi ikki yil ichida respublikada qator ijobiy o’zgarishlar yuz bergan.

Biroq 100 foiz ishtirok ko’pincha avtoritar davlatlarga xos soxta saylovlardan darak beradi.

Mamlakat bo’ylab maktab, idora va aeroportlarda Chechen prezidenti Ramzan Qodirov, uning otasi Ahmad Qodirov va Rossiya rahbari Vladimir Putinning portretlarini ko’rish mumkin.

31 yoshli Ramzan Qodirov avval xavfsizlik, so’ng iqtisod qabilida ish tutadi. Respublika o’z taraqqiyot yo’liga ega va uni qanday amalga oshirish aniq belgilab olingan, deydi u.

Urushda vayronaga aylangan shaharlar tiklanmoqda. Grozniyda urush asoratlari deyarli ko’rinmaydi. Shali shahri, deydi rasmiylar, uch oy ichida tiklandi. Lekin yaxshi qurollangan xavfsizlik kuchlari har yerda hozir.

O’tgan yili chechen jangarilariga qarshi ikki mingta operatsiya o’tkazilgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Checheniston jurnalistlar uchun xavfli mamlakat deydi. Vazirlik yaqinda xorijiy muxbirlar uchun ikki kunlik safar tashkillashtirdi. Ammo Grozniy aholisi bilan muloqot qilish uchun bir yarim soat berildi xolos.

Ko’pchilik urushdan charchaganini, hukumatdan norozi ekanini faqatgina zimdan, shaxsiy suhbatlarda, ayta oladi. Jamiyatda ishsizlik, korrupsiya, ta’qiblar hukmron. Mustaqillik umidlari so’nib borayotgani tilga olinadi.

Chechenlar XIX asr o’rtalaridan beri rus istilosiga qarshi kurashib kelgan. Birinchi Jahon Urushigan so’ng mustaqillik ham e’lon qilgan. Biroq boshqa o’nlab millatlar qatori kommunizm bayrog’ini tan olishga majbur bo’lgan. 1994 va 1997 yillda avj olgan urushlarda 100 ming chechen halok bo’lgan. 500 ming kishi boshpanasiz qolgan.

Prezident Ramzan Qodirov Checheniston Rossiya tarkibida qoladi deydi.

XS
SM
MD
LG