Ommaviy so'rovlar: Amerika dindor jamiyat emas


Qo’shma Shtatlar ko’pchilik o’ylaganidek dindor jamiyat emas. So’nggi ijtimoiy tadqiqotlar shunday xulosa bilan yakunlangan.

Aholining 44 foizi, deydi olimlar, yo e’tiqodini o’zgartirgan yoki dindan tamoman voz kechgan.

Amerikaliklarning 78 foizi o’zini nasroniy deb biladi. Aksariyati cherkovga bormaydi.

So’nggi hisoblarga ko’ra, aholining ikki foizga yaqini yahudiy, musulmonlar esa bir foiz atrofida. Hech bir dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar Amerikada 16 foiz atrofida, deydi sotsiologlar.

XS
SM
MD
LG