Breaking News

Rossiyada saylovlar oldidan siyosiy erkinlik cheklangan


Yakshanba kuni Rossiyada prezident saylovlari kutilar ekan, ko’plab xalqaro tashkilotlar Kremlni siyosiy erkinlikni cheklab, saylovlarning adolatli o’tishiga to’sqinlik qilayotganlikda ayblamoqda.

Ana shunday tashkilotlardan biri, Londonda asoslangan Xalqaro Amnistiya (Amnesty International). Uning hisobotiga ko’ra, Rossiya hukumati prezident Vladimir Putin boshchiligida muxolif qarashlarga ega fuqarolarga nisbatan ta’qibni kuchaytirgan.

Xalqaro Amnistiyaning Rossiya bo’yicha tahlilchisi Viktorita Vebbning Amerika Ovoziga aytishicha, rossiyaliklar uchun o’z hukumatiga tanqidiy fikr bildirish tobora qiyin bo’lib bormoqda.

"Inson huquqlari faollari, mustaqil tashkilotlar va matbuot faoliyati uchun maydon tobora toraymoqda," - deydi u.

Muxolifatning yetakchi namoyondalaridan, shaxmat bo’yicha sobiq jahon chempioni Garri Kasparov o’z tashvishlarini bildiradi.

"Amerikada hamma Obama, Makkeyn, Klinton va teledebatlar haqida munozara qiladi. Rossiyada esa biz natijalarni oldindan bilamiz. Dmitriy Medvedev prezident bo’lishini hamma biladi. Bu uyat," - deydi Kasparov.

Nodavlat tashkilotlar hukumat tomonidan Rossiya qadriyatlari va milliy xavfsizligiga tahdid sifatida ko’riladi.

"Ko’plab jurnalistlar o’ldirildi. Mustaqil jurnalistlar o’z fikrini bildirishi uchun faoliyat maydoni ham torayib bormoqda."

Kreml Xalqaro Amnistiya hisobotiga munosabat bildirganicha yo’q. Biroq o’tmishda u bunday qarashlarni tanqid bilan qabul qilib, G’arbni Rossiyani yemirishga intilayotganlikda ayblab kelgan.

XS
SM
MD
LG