Xotin-qizlar ravnaqi jamiyat kelajagini hal etadi


"Insoniyat kelajak yorqin bo’lishini istasa",- deydi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, "xotin-qizlarning ilmli va kasbli bo’lishini ta’minlasin".

Birlashgan Millatlar Tashkiloti xotin-qizlar hayotini yaxshilash, ular yuzlashayotgan muammolarni hal qilish uchun yangi dasrurlar bilan chiqmoqda. Asosiy diqqat rivojlanayotgan davlatlardagi ayollar mavqeiga qaratilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu yil 8 mart - Xalqaro Xotin-Qizlar Kunini “Mablag’ni Ayollarga Sarflang” degan shior ostida qarshilamoqda.

BMT nazarida hukumat qiz-juvonlar hayotini yaxshilash uchun ularning ta’limi va ijtimoiy sharoitini mustahkamlashi lozim. Ayollarning iqtisodiy taraqqiyoti kafolatlanishi uchun imkoniyatlar yaratilsin deya qayd etadi BMT.

Har bir davlat byudjetida ayollarning manfaat-ehtiyoji o’z aksini topishi kerak. BMTning Gender, Madaniyat va Inson huquqlari bo’yicha bosh rasmiysi Aminata Torening aytishicha, hukumatlar ayollar masalasiga hamisha ikkimlachi muammo deb qarab kelgan.

“Ayollar har doim ikkinchi planda. Ko’p davlatlarda xotin-qizlar muammolari bilan shug’ullanishi kerak bo’lgan vazirliklar yaxshi ishlamaydi. Moliyaviy jihatdan ham qiyin ahvolda”,- deydi BMT rasmiysi.

Xotin-qizlar duch kelayotgan muamolardan biri – zo’ravonlik. BMT hisob-kitobiga ko’ra, Afrikada har 6 ayolning biri jinsiy tahqirlangan. G’arbiy va shimoli-sharqiy Afrikadagi qabilalarda ayollar jinsiy kestiriladi. Mazkur jamiyatlarga xos an’ana.

BMT mutaxassislari bu odatga qarshi kurashga diniy yo’lboshchilarni jalb qilmoqda. Qur’on yoki Injilda qizlarni xatna qilish kerak degan talab yo’q.

Jahon Bankiga ko’ra dunyoda savodsiz insonlarning 64 foizi ayollar.

Maktabga qatnash imkoniyatiga ega bo’lmagan bolalarning ko’pi qizlar. Ta’lim dargohlarida qiz bolalar har jihatdan kamsitiladi.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti o’g’il bolalar hatto ba’zida murabbiylarning qizlarga qo’pol muomala qilishini qayd etadi. Ayrim davlatlarda erkak o’qituvchilarning baho evaziga qiz bolalarni zo’rlashi kuzatiladi.

Inson huquqlari tashkilotlari nazarida bu butun dunyo bo’ylab keng tarqalgan hol. Natijada, deya ogohlantiradi BMT, qizlarda o’ziga bo’lgan ishonch yo’qoladi.

Ular o’zlarini zaif jins vakillari deb hisoblay boshlaydi. Ta’lim olish, kasbli bo’lish, qolaversa ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etish istagi barbod bo’ladi.

XS
SM
MD
LG