Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash boshlagan


Ukraina Jahon Savdo Tashkilotiga qabul qilinish arafasida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga va’da bergan. Mamlakat yulg’ichlik va poraxo’rlik bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.

AQShning Ukrainadagi sobiq elchisi Uilyam Miller korrupsiya sobiq Sovet mamlakatlari qoniga singan balo deydi.

“Fuqarolar uchun hukumatlarning naqadar poraxo’r ekani yangilik emas. Ammo bu ofatdan qanday qutulish mumkinligini bilishmaydi”.

Lekin, deydi Miller, "bugun biznesmen va siyosatchilarning yangi avlodi korruptsiyaga qarshi kurashga bel bog’lagan. Jumladan, Ukrainada."

Iqtisodchi olim Anders Asland fikricha, ham Yuliya Timoshenko bosh vazira sifatida islohotlarni jadallashtirmoqda. Jahon Savdo Tashkilotiga qabul qilingan Ukraina erkin bozor va savdo tizimini rivojlantirish orqali korrupsiyaga barham berishi mumkin. Mamlakat erkin bozor mazasini tatiy boshlarkan, oshkoralik qadrini ham tushunmoqda, deydi tahlilchi.

"Bugun Ukraina boshqaruv tizimi kommunistik mafkuradan qutulishga urinmoqda", - deydi Asland.

Ukraina hukumati ayniqsa soliq va bojxona tizimi korrupsiya domiga botganini tan oladi. Unga qarshi qanday kurash olib borilayotgani ommaga e’lon qilingan.

Ukraina biznes doiralari fikricha davlat Yevropaning taraqqiy etgan va erkin jamiyatlari bilan qanchalik yaqinlashsa, bu hamkorlikdan shuncha ko’p foyda ko’radi. Ya’ni, deydi ular, Ukraina yangicha ish uslubi va oshkora faoliyat yuritish, mas’uliyatli bo’lish foydasini tushunib yetadi.

Yaqinda Ukrainadan qaytgan diplomat, sobiq elchi Stiven Payfer nazarida esa xalq oldinga qadam tashlashi uchun jamiyatning eng quyi qatlamlari korrupsiyadan tozalanishi lozim. "Hayot ana shu qatlamda osonlashmasa, Ukraina ommasi uchun Yevropa bilan yaqinlashish ko’p narsani anglatmaydi", - deydi u.

XS
SM
MD
LG