Breaking News

Xavfsizlik Kengashi BMTning Afg'onistondagi missiyasini yangilamoqda


BMT rahbarlaridan birining aytishicha, so’nggi paytlarda Afg’onistonda zo’ravonlik darajasi kutilganidan ham yuqori bo’lgan va shu sabab BMTning mamlakatdagi mandatini kuchaytirish kerak.

BMTning tinchlikparvar missiyalar bo’yicha rahbari Jan-Mari Geennoning Xavfsizlik Kengashiga aytishicha, Afg’onistonda jangarilar faollashmoqda, hukumat idoralari zaif, korrupsiya chuqur ildiz otgan, qoradori savdosi gullamoqda. Rasmiy fikricha xalqaro hamjamiyat harakatlari ko’p hollarda tarqoq.

"Aybning bir qismi BMTda," deydi Geennon. "Vaziyatni yaxshilash uchun barcha xalqaro va mahalliy hamkorlar faoliyatini BMT bilan mufoviqlashtirishi kerak."

Xavfsizlik Kengashi BMTning Afg’onistondagi mandatini yana bir yilga yangilashga qaratilgan rezolyutsiya qabul qilmoqda. Bosh kotibning Afg’oniston bo’yicha yangi tayinlangan vakili, norvegiyalik Kay Eyd tez kunlarda Kobulga yo’l oladi.

Uning aytishicha, Afg’onistonda muvaffaqiyatga erishish uchun harbiy va noharbiy dasturlar hamkorlikda amalga oshirilishi kerak.

Afg’oniston bo’yicha so’nggi hisobotda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakatda siyosiy islohot og’ir kechishi haqida ogohlantirib, Tolibon, ularga xayrixoh qurolli guruhlar va qoradori savdogarlarini asosiy muammo deb atagan.

XS
SM
MD
LG