Erondagi saylovlarda islohotchi nomzodlar qatnashmayapti


Bugun Eronda parlament saylovlari. Saylovchilar to’rt yarim ming nomzod ichidan 290 kishini deputatlikka saylashi kerak. Biroq nomzodlarning aksariyati konservativ guruhlardan. Hukumat liberal-islohotchi nomzodlarning ko’pini saylovlarda qatnashish huquqidan mahrum qilgan.

Eronda saylovlarda kim ishtirok etishini diniy ulamolardan tashkil topgan kengash hal qiladi. Bugungi saylovlardan 1,700 ga yaqin kishi chetlatilgan. Aksariyati islohotchilar.

AQSh Mudofaa vazirligining sobiq rasmiysi, ayni damda Strategik va xalqaro izlanishlar markazi xodimi Entoni Kordsmen fikricha, islohotchilar saylovlardan ataylab chetlatilgan.

Dindor konservativ kuchlar nazarida islohotchilar Erondagi islomiy inqilob qadriyatlariga putur yetkazadi. Biroq, deydi Amerika-Eron Kengashi prezidenti Xushang Amirahmadi, poygada asosan turli qatlamdagi konservativ nomzodlar ishtirok etayotganiga qaramay, saylovlarning ahamiyati katta.

"Eron parlamenti mamlakatdagi barcha davlat idoralari ichida eng demokratik idora sifatida qabul qilinadi," deydi u.

Inflyatsiya rasmiy manbalarga ko’ra 17 foizni, G’arb mutaxassislari hisobicha esa undan ham ko’proqni tashkil etadi.

"Biroq,' deydi Amirahmadi, "saylovchilar nomzodlar mafkurasiga qarab ovoz berishi mumkin."

Eronda kelasi yili prezident saylovlari ham o’tkaziladi. Ungacha AQShda ham prezident yangi bo’ladi.

Kolumbiya universitetida Eron bo’yicha olim Gary Sik nazarida 2009 yil AQSh-Eron munosabatlarida burilish yili bo’lishi mumkin.

Biroq buning uchun, deydi yana bir siyosatshunos Ken Katsmen, bugungi parlament saylovlarida prezident Mahmud Ahmadinejod tarafdorlari mag’lubiyatga uchrashi kerak.

XS
SM
MD
LG