Breaking News

Iroq urushi dunyoni yanada xavfli va beqaror makonga aylantirdi


AQSh Iroqda urush boshlaganiga besh yil to`ldi. Sharlovchilar fikricha, Iroq urushi nafaqat mintaqa, balki butun dunyoda vaziyatni beqarorlashtirgan.

“Iroqqa urush boshlanganidan oldin u yerda inson huquqlari poymol qilingani haqiqat. Deylik, Saddam Xusayn kurdlarni kimyoviy gaz bilan qirgan. Ikkinchi tomondan AQSh Iroqdagi neftni ko’zlagan. Hozirgacha urushda 650 ming kishi, 4 mingan ziyod amerikalik askar halok bo`lgan. Bu Iroqdagi urushning ayanchli oqibatlari”, - deydi siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov.

Uning aytishicha, dunyoda neft narxi oshayotgani ham Iroq urushi bilan bo`gliq. Bundan tashqari, dunyo musulmonlari AQShdan norozi.

Huquq himoyachisi Abdulla Tojiboy o`g`li AQSh qo`shini Iroqdan chiqishi kerak deydi.

“Men urushda AQSh aybdor demoqchi emasman. Boshqa davlatlardan ham qurolli kuchlar Iroqqa kiritildi. Natijada har ikki tomondan ham begunoh qurbonlar bo`lmoqda. Shu bois butun dunyo huquq himoyachilari qo`shinlarni u yerdan olib chiqishni talab qilmoqda”, - deydi huquq himoyachisi.

“Muloqot qilish kerak edi har ikki tomon bilan. Qilmadi. Shuning uchun urush tugamayapti. Terrorchi deyaptimi? Ular orqasida kim turibdi? Nimani istayapti? Buning hammasini hal qilish kerak edi”, - deydi toshkentlik bir fuqaro.

AQSh prezident saylovlarida Iroq mavzusi muhim muammolardan. Demokratlar Iroqdan qo`shinlarni olib chiqishga va`da berayotgan bo`lsa, respublikachilar hali bunga erta demoqda.

Sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov saylov natijalaridan qat`iy nazar AQSh qo`shini Iroqdan chiqishi qiyin deydi.

“Iroqda terrorchilarning qo`li baland kelishi, u yerda ikkinchi Afg’oniston paydo bo`lishi mumkin. AQSh hukumati bunga yo`l qo`ymaydi, shu bois Iroqda qo`shinlar soni yanada ko`payishi mumkin”.

XS
SM
MD
LG