Breaking News

AQSh mudofaa tizimini Rossiya roziligisiz ham o'rnatmoqchi


Shu hafta boshida AQSh va Rossiya mudofaa hamda tashqi ishlar vazirlari Moskvada uchrashib, AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimini Yevropada o’rnatish rejasini muhokama qildi. Tomonlar aniq bir qarorga kelmasa-da, ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashga kelishib oldilar.

Qo'shma Shtatlar Rossiya xavotiriga barham berish maqsadida Kremlga yangi taklifni taqdim etgan.

“Vashington Post” gazetasiga ko’ra, AQSh taklifida rossiyalik mutaxassislarga Polsha va Chexiyada o’rnatilishi rejalangan inshootlarni ko’zdan kechirish huquqi bayon etilgan.

Bundan tashqari Eron AQSh yoki Yevropaga yeta oladigan raketalar yaratgani aniqlanmaguncha, mudofaa tizimi harakatga keltirilmaydi. Polsha yangi Bosh vaziri Donald Tusk rossiyaliklar inspeksiyasiga qarshi emasligini bildirib, bu haqda Bush va Putin bilan so’zlashgan.

Ayrimlar nazarida Kreml vaqtni cho’zayotgan bo’lishi mumkin. AQShda keyingi prezident Demokratik partiyadan saylansa, rejani amalga oshirish g’oyasi o’z-o’zidan yo’qolishiga umid qilib.

Geytsning aytishicha, Rossiya rejaga qarshilik bildirishda davom etgan taqdirda AQSh undan voz kechmaydi.

AQSh diplomatlaridan birining “Nyu-York Tayms” gazetasiga aytishicha, Moskvada yopiq eshiklar ortida o’tgan muloqotda Kreml AQSh o’z rejasidan qaytmasligini anglab yetdi. Rossiya oldidagi mushkul vazifa shundan iboratki, voqelikni qabul qilish bilan birga o’z tashqi va harbiy siyosati tamoyillaridan qaytmaganini namoyish etish.

Tomonlar kelasi yil dekabrida muddati tugaydigan Strategik qurollarni qisqartirish va cheklash bitimini yangilash bo’yicha ham bir qarorga kelmagan. Bu boradagi muzokaralar davom etadi, deb yozadi “Nyu-York Tayms”.

XS
SM
MD
LG