Breaking News

O'zbekistonda diniy muammolar zaminida siyosiy sabablar yotibdi


Musulmonlar yashaydigan O'zbekiston jamiyatida diniy erkinlik turlicha talqin qilinadi.

Yangi diniy oqimlar ko’p hollarda olqishlanmaydi. Shuningdek, deydi sharhlovchilar, dindorlar shubha ostiga olinadi va hatto siyosiy maqsadlarda qo’llaniladi.

Tashqi dunyo nazarida O’zbekistonda boshqa huquqlar singari e’tiqod erkinligi ham tazyiqqa uchrab keladi.

O`zbekiston xalqaro hisobotlarda diniy e`tiqod erkinligi cheklangan sanoqli davlatlardan biri deb ta’riflanadi. Rasmiy Toshkent bunday hisobotlarni inkor etib, mamlakatda o`nlab diniy konfessiyalar erkin faoliyat yuritayotganini ta`kidlab keladi.

Yahudiylar jurnalida yozilishicha, O`zbekistonda diniy vaziyat barqarorlashgani bois bir paytlar mamlakatdan chiqib ketgan yahudiylar O`zbekistonga qaytmoqda.

Toshkentdagi Yahudiylar markazi mazkur ma`lumotlar yuzasidan izoh berish uchun biroz vaqt o’tishi zarur deb hisoblaydi.

Sharhlovchilar fikricha, diniy taz’yiqdan asosan musulmonlar ziyon ko’rmoqda. O`n minggan ortiq musulmonlar qamoqda. Aksariyati diniy ekstremiz aybi bilan qamalgan.

Huquq himoyachisi Surat Ikromov fikriga ko`ra, nasroniylarga ham bosim mavjud, ularga odatda sudda jarima solinadi. Oqibatda O`zbekistondan chiqib ketishga majbur bo`ladi.

“Biror musulmon davlatida odamlarni islomga e’tiqod qilgani uchun qamashayotgani yo`q. Faqat O`zbekiston va Qirg’izistonda shunday amaliyot bor. Varaqa tarqatayotgan bo`lsa, bu jamiyatga qanchalik xavfli? Oqimlar taqiqlangan mamlakatlarda ularni ro`yxatga olmasligi mumkin, lekin qamaganini umuman eshitmaganman”, - deydi Ikromov.

Yaqinda O`zbekistonda yangi bir diniy oqim - “Qora sallalilar” guruhi paydo bo`lgan.

O`zbekiston musulmonlar idorasi vakili, islomshunos olim Abdulaziz Mansur shunday oqim borligini tasdiqlagan. Bu guruh rasmiy diniy idora vakillariga muxolifat ko`zi bilan qaraydi deydi u.

Ayrim sharhlovchilar yangi diniy oqim haqidagi ma`lumotni shubha bilan kutib olmoqda.

“Bu ma’lumot asossiz bo`lsa kerak. Diniy bag`rikenglik musulmonlarga xos deymiz, lekin mustaqillikdan keyin an`anaviy islom degan bir atama paydo bo`ldi. Diniy bag`rikenglikka ham putur yetdi. Yangi diniy oqimni yo`q joydan yozishayotgan bo`lsa, demak bu ham bir o`yin va yaqinda paydo bo`ladi”, - deydi huquq himoyachisi Abdusalom Ergashev.

“Har bir odam siyosatni tushinishi, unda faol ishtirok etishi kerak. Bu uning hayotiy huquqi, lekin bu narsa taqiqlangandan keyin, odam albatta bir darchani qidiradi. Bu darcha o`sha din yoki oqim bo`lishi mumkin. Hukumat esa bu fikrga qarshi, ularni taz’yiqqa olish, qamash bilan shug`ullanayapti ”, - deydi huquq himoyachisi Surat Ikromov.

Hukumat diniy tahdidni bo`rtirib, siyosiy maqsadda foydalanmoqda. Bosimlar va taz’yiqlar aholida radikal diniy kayfiyat uyg`otmoqda deydi mutaxassislar.

XS
SM
MD
LG