Norvegiyada dunyo urug'lar ombori ochildi


Dunyo Urug’ Ombori nomini olgan laboratoriya Shimoliy Qutbdan uzoq bo’lmagan, Norvegiya orollaridan birida ochildi.

U yerda turli genetik tadqiqot natijalari va noyob jinsiy-biologik urug’lar saqlanadi. Yer yuzida mavjud har bir nasabning urug’ini topasiz.

Dunyoda katta ofat yuz berib, ommaviy qirg’in boshlangudek bo’lsa, bu zahira katta madad beradi deydi olimlar.

“Qirilish yoqasida turgan urug’ va nasablarni kelajak avlod uchun saqlab qo’yishimiz lozim”,- deydi tabiatshunos Edvard Uilson.

"Bioxilma-xillik so’zi ilk bor 1988 yilda talaffuzga kiritilgan va tezda unitilgan edi. Yer yuzidagi barcha o’simlik va jonzodlar haqida ma’lumot beradi. Biosfera borki uning tarkibida turli mikro va makro organizmlar yaraladi va hayot kechira boshlaydi",- deydi olim.

Uilson “Hayot Ensiklopediyasi” degan loyiha asoschisi. 12.5 million dollarga teng bu loyiha hozir internetga chiqqan. Saytdan sayyorimizda hayot yaralishiga doir 30 ming sahifadan iborat ma’lumot topasiz.

www.eol.org veb-sayti ilk ochilganida 11 million odam bir vaqtning o’zida unga kirib tizimni ishdan chiqargan edi. Biroq hozir muammolar bartaraf etildi. Jonzod borki, bu manbadan o’rin olgan.

Dunyo Urug’ Omboriining asosiy maqsadi odamzod hayotini saqlash.

Oxirat makoni nomi bilan ham yuritiluvchi laboratoriyada dunyo bo’ylab tarqalgan 14 ming urug’ turi saqlanadi.

"Qishloq xo’jaligidan tibbiyotgacha… Barcha urug’namunalari bor. Katta bir meros",- deydi Keri Fauler, loyihaning bosh tashabbuschisi. Ayni damda u hosil xilma –xilligini targ’ib qiluvchi jamg’armani boshqaradi.

Odamlar kit, yo’lbars, oq ayiq va shunga o’xshash noyob hayvonlar hamda o’simliklarning qirilib ketayotganini biladi.

“Urug’lar laboratoriyasiga”,- deydi Fauler, “iqlim o’zgarishi va boshqa ofatlarga qarshi kafolat sifatida qarash mumkin”.

"Urug’lar uzoq vaqtgacha muzlatilgan holda saqlanadi. Bu yer - Shimoliy Qutb buning uchun ayni muddao. Bundan 200 yil keyin ham bu urug’larni muzlatilgan holda topasiz",- deydi Fauler.

Bugunga kelib 100 dan ortiq davlat o’z kelajagini kafolatlash uchun millionga yaqin urug’ turlarini shu laboratoriyaga jo’natgan.

XS
SM
MD
LG