Breaking News

Xeyden: Afg'oniston-Pokiston cheragasi - terror maskani


AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi direktori general Maykl Xeydenning aytishicha, al-Qoida Pokiston-Afg’oniston chegarasi yonidagi qabilaviy hududlarda mahkam o’rnashib olgan. Bu esa G’arb uchun tahdiddir, deydi u.

AQSh bosh razvedkachisi fikricha, agar AQShga qarshi yangi terror xuruji amalga oshirilsa, uning tashkilotchilarini o’sha hududdan qidirish kerak.

"Afg’oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat ham Afg’oniston, ham Pokiston, ham G’arb va jumladan Qo’shma Shtatlarga tahdid solmoqda. Al-Qoida ushbu hududda g’arbcha qiyofaga ega, AQSh aeroportlaridan o’tganda o’ziga ortiqcha diqqat qaratmaydigan agentlarini tayyorgarlikdan o’tkazmoqda," deydi Xeyden.

Pokiston prezidenti Parvez Musharraf 2006 yili qabilaviy yetakchilar bilan shartnoma tuzib, hududdan armiyani chiqarishga rozi bo’lgani ana shunday vaziyatni keltirib chiqardi, deydi general Xeyden.

"Pokiston hukumati qabilaviy hududdan qo’shinlarini olib chiqishi bilan al-Qoida va Tolibon jangarilari u yerda mahkam o’rnasha boshladi."

Osama bin Laden ham o’sha yerda, deydi Xeyden, biroq u operatsiyalarni tashkillashtirishda ishtirok etmaydi. Al-Qoidaning asosiy kuchlarini misrliklar tashkil etadi.

General Xeyden Pokiston hukumatiga e’tirozini bildirish bilan birga terrorga qarshi kurashda Pokistonni eng faol hamkor deb ham atamoqda.

XS
SM
MD
LG