Breaking News

Bush afg'on hokimlari bilan uchrashdi


Prezident Bush Oq Uyda Afg’onistondan kelgan sakkiz nafar hokimni qabul qildi. Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot masalalari muhokama qilindi. Bush Afg’onistonga qo’shimcha NATO kuchlarini kiritish tarafdori.

Prezident Bushning aytishicha, hokimlar mamlakatda xavfsizlik yaxshilanayotganini, ishsizlik sur’ati yuqori ekanini ma’lum qilgan.

"Har bir demokratik jamiyatda mahalliy boshqaruvning kuchli va sog’lom bo’lishi muhimdir. Ana shundagina odamlar demokratiya foydasini ko’radi. Men hokimlarga “Afg’onistonda buni uddalash oson emas, biroq bu juda muhim ish” dedim."

Afg’onistonda NATOga a’zo har bir mamlakatdan qo’shinlar bor. Biroq ayrim davlatlar o’z askarlarini Tolibon faol zonalarga yuborgisi kelmaydi. Oy boshida Buxarestda o’tgan NATO sammitida Bush bu mamlakatlardan qo’shinlarini jangovar zonalarga jo’natishni so’ragan.

NATO Afg’onistonga qo’shimcha 1,800 askar safarbar qilishga qaror qilgan. NATOga a’zo bo’lishga intilayotgan Gruziya 500 nafar harbiy ajratishini ma’lum qilgan. Daniya to’rtta, Polsha esa sakkizta vertolyot yuboradigan bo’ldi. Italiya, Ruminiya va Gretsiya Afg’oniston armiyasini tayyorgarlikdan o’tkazish uchun qo’shimcha mutaxassislar ajratishga va’da berdi.

XS
SM
MD
LG