Vakillar Palatasi Tibet bo'yicha rezolyutsiya qabul qildi


Prezident Bush Xitoyni Tibet diniy rahbari Dalay Lama bilan muloqot qilishga chaqirmoqda.

"Dalay Lama zo’ravonliklarni xush ko’rmaydigan tinchlikparvar odam. U Tibet mustaqilligi uchun emas, balki mintaqaning madaniy o’zligini saqlab qolish uchun kurashayotgan shaxs," deydi Bush.

Oq Uyga ko’ra, prezident Bush ba’zi qonunchilar qarshiligiga qaramay Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimiga boradi. Pekinga tashrifi davomida u Xitoy rahbariyati bilan inson huquqlari, demokratiya, siyosiy erkinlik va diniy bag’rikenglik masalalarini yana bir bor ko’taradi, deyiladi Oq Uy bayonotida.

Jahondagi ayrim siyosatchilar va sportchilar Pekin Olimpiadasini boykot qilishiga qaramay Dalay Lama o’yinlarni qo’llab-quvvatlashini aytmoqda. Bugun Tibet yetakchisi AQShga olti kunlik safarini boshlagan.

AQSh Vakillar Palatasi Xitoyning Tibetdagi namoyishlarni bostirganini qoralab rezolyutsiya qabul qildi.

Palata spikeri Nensi Pelosining aytishicha, jahonning barcha erksevar xalqlari Xitoyda inson huquqlarining poy mol etilishiga ko’z yummasligi kerak.

Xitoy hukumati Pelosining chiqishini tanqid qilib uni masalaga bir tomonlama yondashayotganlikda, Tibetda namoyishchilar tomonidan uyushtirilgan zo’ravonliklarga diqqat qaratmayotganlikda aybladi.

"Qo’shma Shtatlar Olimpiya o’yinlarini boykot qilmasligi kerak, biroq shu bilan birga AQSh rasmiylari musobaqaning ochilish marosimida ishtirok etmagani ma’qul," deydi Pelosi.

AQSh Kongressida ayni damda Tibet va Xitoy bo’yicha yana bir nechta qonun loyihasi ko’rib chiqilmoqda.

XS
SM
MD
LG