Uyg'urlar Olimpiya o'yinlarida xuruj rejalaganlikda ayblanmoqda


Xitoy rasmiylarining aytishicha, avgust oyida o'tadigan Olimpiya o’yinlari davomida qo’poruvchilik xuruji rejalayotgan ikki terrorchilik guruhi fosh qilingan.

Yanvar-aprel oylarida Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatidagi operatsiya natijasida kamida 45 kishi hibsga olingan. Portlovchi modda, jihod haqidagi adabiyotlar va qurol-yarog’ musodara qilingani aytilmoqda.

Ular yozgi Olimpiya o’yinlari oldidan xurujlar uyushtirishni rejalaganlikda ayblanmoqda.

Xitoy Jamoat Xavfsizligi Byurosi vakili Vu Xepingning aytishicha, "Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati nomli terrorchi tashkilotiga a’zo bu shaxslar musobaqa paytida tomoshabin, sportchi va jurnalistlarni garovga olishni ko’zlamoqda".

Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati uyg’ur mustaqilligini talab qilib keladi.

Inson huquqlari tashkilotlari nazarida hududdagi isyonchilik harakatlarini tugatish uchun Xitoy mayda millatlar madaniyatini yo’qotish, ularga quyi toifadagi fuqarolar sifatida muomala qilish siyosatini yuritmoqda.

"Amerika Ovozi" Germanyada asoslangan Jahon Uyg’urlari Kongressi bosh kotibi Dolqun Isa bilan bu haqda suhbatlashdi. Muloqotni yuqorida tinglash mumkin.

XS
SM
MD
LG