Matbuot erkinligini ta'qib qilayotgan shaxs, guruhlar ro'yxati chop etildi


Parijda asoslangan Chegara Bilmas Muxbirlar tashkiloti so’z erkinligiga bevosita yoki bilvosita to’sqinlik qilayotgan 39 shaxs va tashkilot ro’yxatini chop etgan.

Bu inson va guruhlar matbuot va so’z erkinligini ta’qib qilib, buning uchun javobgarlikka tortilmaydi, deydi tashkilot xodimlari.

Ro’yxatda Afg’oniston, Iroq va Pokistondagi islomiy guruhlar tilga olinadi. Xamas tashkilotining qurollangan bo’linmalari, Falastin xavfsizlik kuchlari hamda Isroil mudofaa kuchlari ham bu yili ro’yxatga qo’shilgan.

Rossiya rahbari Vladimir Putin, O’zbekiston rahbari Islom Karimov, Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkmaniston prezidenti Qurbonguli Berdimuhamedov, Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod, Xitoy rahbari Xu Tsintao, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko – erkin matbuotga qarshi siyosatchilar deb ko'rsatilgan.

XS
SM
MD
LG