Breaking News

Oziq-ovqat tanqisligi muammosini o'rganuvchi xalqaro guruh tuzildi


Oziq-ovqat tanqisligi butun dunyo bo’ylab muammoga aylangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun bu muammoni hal qilish uchun ishchi guruhi tuzishga ko’rsatma bergan. Hozirda bosh masala - ochlikka yuz tutayotgan davlatlarga qo’shimcha yordam berishdir.

Pan Gi Mun Yevropa va Afrikaga safarini yakunladi. Uning aytishicha jahon bo’ylab oziq-ovqat narxlarining qimmatlashishi mahsulotlar kamomadi va ochlikka olib kelmoqda. Bu o’z navbatida mojarolardan endi oyoqqa turayotgan jamiyatlarda tinchlikni mustahkamlash sa’y-harakatlarini yo’qqa chiqaryapti.

“Muammoning ham qisqa, ham uzoq muddatli oqibatlarini hal qilish uchun birinchi navbatda kichik fermerlarga urug’ va o’g’it yetkazish zarur. Rahbarlar esa narxlarning yanada ko’tarilishiga olib keluvchi qarorlar bilan chiqmasin”, - deydi BMT bosh kotibi.

U tuzgan yangi ishchi guruhi muammo sabablarini o’rganadi va yechim-takliflar bilan chiqadi. Ilk yig’ilishi kelasi haftaga belgilangan. Iyun oyida esa Italiyada masala yuzasidan sammit o’tkaziladi.

Jahon Banki hisobiga ko’ra, oziq-ovqat narxlarining qimmatlashishi 100 millionga yaqin kishini yanada qashshoqlashtirishi mumkin. Qimmatchilik omillari deb mahsulotga talab, transport va yonilg’i xarajatlari ko’rsatilmoqda. Yana biri iqlim o’zgarishidir.

XS
SM
MD
LG