Moskvada o'zbekistonliklar o'ldirib ketilgan


Moskva shahrida o’zbekistonlik er-xotin irqchi skinxedlar tomonidan pichoqlab ketilgan. Yoshi 40 lar atrofidagi qurbonlarning farrosh bo’lib ishlagani aytilmoqda.

So’nggi paytda Rossiyada markaziy osiyoliklar va xususan o’zbekistonlik ishchi migrantlarga qarshi xurujlar ko’paygan. Yil boshidan beri bir necha o’zbekistonlik va Qirg’iziston fuqarolari o’ldirilgan.

Fevral oyida Qirg’izistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini yo’llagan, O’zbekiston esa bu borada biron marta munosabat bildirmagan.


XS
SM
MD
LG