Breaking News

AQSh va Rossiya diplomatlarni vatanga haydamoqda


O’tgan oy Rossiya Amerikaning ikki diplomatini vataniga qaytarib yuborgan edi. Avvalroq esa Qo’shma Shtatlar rossiyalik diplomatni uyiga jo’natib yuborgan. O’tgan yilning noyabridan beri beshinchi bor qayd etilayotgan hodisa. Biroq AQSh rasmiylari xavotirga hojat yo’q demoqda.

Diplomatlarni vataniga qaytarib yuborish an’anasi Sovuq urush yillarini eslatmoqda. Biroq masala hal qilindi va aloqalar har qanday xavfdan xoli deydi AQSh rasmiylari.

28 aprel kuni Kreml amerikalik ikki diplomatdan Rossiyani tark etishni so’ragan. Qo’shma Shtatlar bu qarorni adolatsiz deb hisoblaydi.

Vaholanki, sal avval, ya’ni 22 aprelda AQSh rossiyalik diplomatni vataniga qaytarib yuborgan.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Shon Makkormak bu kelishmovchilik o’tgan yilning noyabrida boshlangan edi deydi. O’shanda Qo’shma Shtatlar rossiyalik diplomatga pattasini tutqazgan.

Ko’p hollarda, deya izohlaydi Makkormak, josuslik yoxud nojoiz fe’l-atvor bunga sabab bo’lishi mumkin.

AQSh Davlat kotibi muovini Daniel Frid fikricha, diplomatlarning vataniga qaytarilishi odatiy hol va yashirin siyosiy sabablarni izlash o’rinsiz.

Har ikki mamlakat rasmiylari “orada kelishmovchiliklar mavjud, lekin hamkorlik davom etadi” deb keladi.

XS
SM
MD
LG