Olimpiya o'yinlari oldidan Xitoyda huquqiy ahvol murakkab


Xalqaro Amnistiya tashkilotining (Amnesty International) Osiyo bo’yicha direktori Kumarning aytishicha Olimpiya o’yinlariga uch oy qolganda Xitoyda inson huquqlari ahvoli yanada yomonlashgan.

“Olimpiya o’yinlariga mezbonlik qilish bahonasida Xitoy hukumati so’z erkinligini yanada cheklamoqda”,- deydi u.

Janob Kumarning aytishicha, “vatanparvarlikka tayyorgarlik” – qayta tarbiyalash dasturi ostida Xitoy hukumati 250 mingga yaqin odamni hibsga olgan.

“Qamalganlarning aksariyati inson huquqlari faollari. Buni hatto Xitoy hukumati ham tasdiqlamoqda. Faollar orasida advokatlar va jurnalistlarni ko’rasiz. Mamlakatda erkinlik uchun kurashayotgan insonlar”,- deydi janob Kumar.

Yaqinda xitoylik faol Xu Tsia, davlatni to’ntarishga uringanlikda ayblanib, uch yarim yilga qamaldi. Tsia Olimpiadaga kelganlar Xitoyda inson huquqlari shavqatsiz buzilayotganiga ko’z yummasin deya xalqaro hamjamiyatni ogohlikka chaqirgan edi.

Xitoy Tashqi ishlari vazirligi Xalqaro Amnistiya tashkilotini bo’htonda ayblamoqda. Hech kim Olimpiya o’yinlari deb bu hukumatga bosim o’tkaza olmaydi deydi mamlakat rasmiylari.

“Xitoyni inson huquqlarini buzayotganlikda ayblayotgan tashkilotlar ig’vogarlardir”,- deydi Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti esa Olimpiya o’yinlariga qarshi emasligini aytib, yagona maqsadi sportchilarni qaysi mamlakatga borayotganidan va u yerdagi huquq ahvolidan boxabar qilish ekanini ta’kidlamoqda.

XS
SM
MD
LG