Qamoqdagi huquq faoli xalqaro sovringa sazovor bo'ldi


2006 yil mart oyida qamoqqa tashlangan huquq faoli Mo'tabar Tojiboyeva erkinlik himoyachilariga beriladigan Martin Ennals nomidagi yillik xalqaro sovringa loyiq deb topildi.

Mo'tabar Tojiboyeva O’zbekiston hukumatini Andijondagi namoyishni kuch bilan bostirganlikda tanqid qilgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan.

Sovrin laureatini aniqlashda inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi 10 ta yetakchi xalqaro tashkilot fikri hisobga olingan. Ular Tojiboyevaning sog’lig’i keskin yomonlashganini ta’kidlab, O’zbekiston hukumatidan uni zudlik bilan ozod etishni talab qilmoqda.

Martin Ennals, britaniyalik huquqshunos, Xalqaro Amnistiya tashkilotining ilk bosh kotibi bo’lgan. Taqdirlash marosimi 20 noyabr kuni Jenevada bo’lib o’tadi.

XS
SM
MD
LG