Breaking News

Yevropa Rossiya bilan hamkorlik bo'yicha yangi muzokara boshlamoqda


Yevropa tashqi ishlar vazirlari Rossiya bilan yangi hamkorlik shartnomasi bo’yicha muzokara boshlashga tayyor. Tomonlar mudofaa, diplomatiya va energetika masalalari bo’yicha bir to’xtamga kela olmayapti.

Rasmiy muzokaralar kelasi oy Sibirda bo’ladigan sammit doirasida boshlanadi. Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Sloveniya Tashqi ishlar vaziri Dimitriy Rupelning aytishicha, muloqot bir yilgacha davom etishi mumkin. Ba’zi mutaxassislar esa muzokaralar bundan ham uzoqroq bo’lishini taxmin qilmoqda.

"Muzokaralarda Yevropa Ittifoqi va Rossiya o’rtasidagi barcha kelishmovchiliklarga oydinlik kiritilishi lozim," deydi Rupel.

Har ikki tomonning bir-biriga yetarlicha e’tirozi bor. Rossiya AQShning Yevropada raketaga qarshi mudofaa tizimini o’rnatish rejasiga qarshi. Yevropa esa Rossiyaning Moldova va Gruziyadagi bo’lginchi kuchlarga berayotgan yordamidan tashvishda. Rossiyaning gazdan siyosiy qurol sifatida foydalanishi ham ittifoqni bezovta qilmoqda. Yevropa gaz importining chorak qismini Rossiyadan oladi.

Bo’lajak shartnoma 1997 yilda Rossiya va Yevropa o’rtasida imzolangan hamkorlik bitimini yangilaydi.

XS
SM
MD
LG