BMT xodimlari bolalarni tahqirlashda ayblanmoqda


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, tashkilot Britaniyadagi hayriya jamg’armasi tomonidan qo’yilgan ayblovlarni taftish qiladi.

“Bolalarni asrang” (Save the Children) deb nomlangan bu tashkilot chiqargan hisobotga ko’ra, BMT tinchlikparvar kuchlari va unga aloqador gumanitar tashkilotlar xodimlari mojaro va tabiiy ofat zonalarida bolalarni tahqirlamoqda.

Hisobotga ko’ra, olti va undan katta yoshdagi jabrdiyda bolalar jinsiy tajovuzga uchragani haqida so’z ochishga qo’rqadi.

BMT bosh kotibiga ko’ra, ayblovlar juda ham jiddiy va ular taftish qilinadi.

”Bolalarni asrang” tashkilotining hisoboti janubiy Sudan, Fil Suyagi Qirg’og’i Respublikasi va gaitilik 129 nafar qiz va 121 ta o’g’il bola bilan suhbat asosida tayyorlangan. Unga ko’ra, ushbu mamlakatlarda BMT nomidan insonparvarlik ishlarida ishtirok etayotgan xodimlar va tinchlikni saqlayotgan harbiylar oziq-ovqat, pul, sovun va ba’zida uyali telefon evaziga yosh bolalar bilan jinsiy aloqada bo’lgan.

BMT jinoyatga qo’l urgan tinchlikparvar harbiylarni jazolash vakolatiga ega emas, faqatgina ularni vataniga qaytarib yuborishi mumkin xolos.

BMTga ko’ra, bu kabi hollar tashkilot sha’niga dog’ tushiradi, shu sabab shikoyatlarni sinchkovlik bilan tergov qilish kerak.

XS
SM
MD
LG