Sobiq matbuot kotibi Oq Uyni siyosiy nayranglarda ayblamoqda


Uzoq yillar davomida prezident Bushning sodiq xizmatchisi hisoblangan va Oq Uyda matbuot kotibi vazifasida ishlagan Skott Makklellan (Scott McClellan) o’zining yangi kitobida AQShning bugungi siyosatini qoralaydi.

Vashington, xususan, Oq Uydagi "siyosiy nayranglar", prezident Bushning qarorlari, vitse-prezident Dik Cheynining tashqi siyosatdagi roli va boshqa qator nozik masalalarni tanqid ostiga oladi va fosh qiladi.

Prezident Bush va uning ma’muriyati Iroqqa qarshi urush ochish uchun yolg’on ma’lumotlarga tayangan va buni bilgan deydi Skot Makklellan. U rahbariyatni haqiqatni aytishga yo’l bermaganlikda va matbuot kotibi bo’lsa-da undan asl ma'lumotlarni yashirganlikda ayblamoqda.

"Kitobni yozishdan maqsadim", - deydi u, "Amerika yangi rahbar saylash arafasida turganda bu mamlakat siyosati ortida turgan maqsad, insonlar va ularning qilmishlrini keng ommaga o’zim boshdan kechirganimdek tasvirlab berish".

Oq Uy kitob yuzasidan afsus bildirib, Makklellanning bayonotlaridan taajjubda. Makklellan 2006 yilning aplerida ishdan ketganida Bush uni iliq kuzatgan va "do’stim" deya ta’riflagan edi.

XS
SM
MD
LG