Breaking News

Birma: Aholi vayronaga aylangan qishloqlarga haydalmoqda


Birma hukumatining xalqaro yordamni rad etish qarori mamlakatda minglab kishining hayotiga zomin bo’lgani taxmin qilinmoqda.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts vaziyatni aynan shunday baholaydi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, ayni damda Birma harbiylari aholini vayronaga aylangan qishloqlarga haydamoqda.

Singapurda o’tayotgan xavfsizlik anjumanida so’zlar ekan, Geyts Birma rahbariyatini aholiga nisbatan befarqlikda ayblagan. Uning aytishicha hukumat inqirozni ko’ra turib, o’zini ko’rmaslikka olmoqda.

Robert Geyts Birmadagi ahvolni o’tgan yillar ichida Indoneziya va Bangladeshda ro’y bergan tabiiy ofatlar va bu mamlakatlarga berilgan xalqaro ko’makka qiyoslaydi.

Birma xorijiy mutaxassislarga darvozalarini yopgan. Mamlakatga kira olgan tashkilotlar ham Nargis dovulidan qaqshagan Irravadi daryosi bo’yidagi hududlarda erkin harakat qila olmaydi. Dovuldan 77 ming kishi halok bo’lgan. 56 ming nafari bedarak ketgan. 2 million kishi yordamga muhtoj.

AQSh, Britaniya va Fransiyaning suv va oziq-ovqat ortilgan kemalari hamda Osiyo davlatlari taklif etgan harbiy vertolyotlarni harbiy xunta rad etgan.

Avstraliya elchisi Bill Paterson, Amerika Ovozi bilan suhbatda, Birma rahbarlari zudlik bilan yordamga yo’l ochishi lozim, deydi. Biroq hukumat xorij yordamidan shubhada.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan muzokaradan so’ng, Birma cheklangan hajmda yordam qabul qila boshladi. Biroq xabarlarga ko’ra, hukumat ayni damda palatkalarda jon saqlayotgan aholini vayron bo’lgan uylariga qaytarish harakatida.

XS
SM
MD
LG