Breaking News

Bugun demokratlardan prezidentlikka nomzod aniqlanishi mumkin


Bugun AQShning Janubiy Dakota va Montana shtatlarida demokratlar uchun so’nggi partiyaviy saylovlar o’tmoqda. Mutaxassislar nazarida demokratlardan 4 noyabrdagi prezident saylovlariga yagona nomzod bugun aniqlanishi mumkin. G'alaba uchun senator Barak Obama yana 45 delegat ovozini olishi kerak, ammo Xillari Klinton bugun mag’lubiyatini tan olishi mumkin.

Ayrimlar fikricha Xillari Klinton mag’lubiyatga uchragudek bo’lsa, tarafdorlarining bir qismi noyabrdagi asosiy saylovlarga chiqmasligi yoki respublikachilar nomzodi Jon Makkeynga ovoz berishi mumkin. Obama ana shunday saylovchilarni tinchlantirishga urindi.

"Biz noyabrdagi saylovlarda senator Klinton bilan birga harakat qilamiz," deydi u.

Ba’zilar asosiy saylovlarda Obama-Klinton juftligini ko’rmoqchi. Ya’ni agar Obama prezident etib saylansa, Klinton vitse-prezident bo’ladi. Biroq da’vogarlar bu haqda gapirishga hali erta demoqda.

Klintonning yakshanba kuni Puerto-Rikodagi salmoqli g’alabasiga qaramay, Demokratik partiya rahbarlari undan poygadan chiqishni so’ramoqda. Aks holda partiya birligiga putur yetishi mumkin, deb ogohlantiradi ular.

XS
SM
MD
LG