Zimbabve muxolifati rahbari prezident poygasini tark etdi


Zimbabveda muxolifat rahbari Morgan Tsvanigiray prezident poygalarini tark etgan. Saylov 27 iyunga belgilangan edi.

“Muxolifatdagi Demokratik O’zgarishlar Harakatiga qarshi ta’qib va bosimlar saylov adolatli va erkin o’tmasligini ko’rsatmoqda”, - deydi Tsvangiray.

Bugun poytaxt Xarareda muxolifat yirik namoyish rejalagan edi, biroq uzoq yillik prezident Robert Mugabe tarafdorlari ularni to’qmoqlar bilan qarshi olgan.

“Hozirgi sharoitda tarafdorlarimizni bizga ovoz berishga da’vat eta olmaymiz, chunki bu ularning hayoti uchun xavfli”, - deydi muxolifat rahbari Morgan Tsvangiray.

56 yoshli nomzod mart oyida o’tgan saylovda prezident Mugabedan ko’proq – 48 foiz ovoz to’plagan, biroq lavozimni egallash uchun yetarli emas. Saylovning ikkinchi bosqichida ishtirok etishgan rozilik bergan Tsvangiray bugun poygani tark etdi.

Zimbabve Adliya vaziri Patrik Chinamasa fikricha Tsvangiray mag’lub bo’lishi muqarrar edi. Hukumat saylovni bekor qilmoqchi emas.
XS
SM
MD
LG