Xorijiy neft kompaniyalari Iroqqa qaytmoqda


Iroq Bosh vaziri Nuri al-Maliki so’zlariga ko’ra mamlakatda xavfsizlik sekin-asta yaxshilanyapti. Xorijiy kompaniyalar sarmoya kiritishga qiziqa boshlagan.

Xavfsizlik bobida erishilgan yutuqlar, deydi bosh vazir, sarmoyadorlar e’tiborini jalb qilmoqda. Kompaniyalar energetika, neft va qurilishga doir shartnomalar imzolash uchun Iroq hukumatiga murojaat qilmoqda.

Al-Malikining aytishicha hozirda 35 neft kompaniyasiga Iroqda ishlash uchun litsensiya berilgan. AQShning Exxon-Mobil va Chevron, Royal Dutch Shell, Britaniyaning British Petroleum va Fransiyaning Total kompaniyasi ro’yxatdan joy olgan.

Ularning deyarli barchasi Iroqda avval ham faoliyat yuritgan. 1972 yilda neft sanoatida xususiylashtirish jarayoni boshlangach mamlakatni tark etgan.

Iroq iqtisodiyoti energetika sektoriga tayanadi. Yalpi milliy mahsulotning 64 foizi hamda byudjet daromadining 84 foizi neft savdosidan tushadi. Xorijiy firmalar bilan hamkorlikda, kuniga qo’shimcha 1.5 million barrel qo’shimcha neft qazib olish rejalangan. Ammo daromadni qanday taqsimlash xususida qonun haligacha qabul qilinmagan.

“Iqtisodiy taraqqiyot kaliti”, deydi bosh vazir al-Maliki, “mamlakatda tinchlik va birdamlik qaror topishida”.
XS
SM
MD
LG