Breaking News

AQSh Eronga qarshi maxfiy harakatlarni kuchaytiradi


AQSh Kongressi Eronga qarshi maxfiy operatsiyalarni kengaytirish uchun ruxsat bergan.

Prezident Jorj Bush qonun chiqaruvchilardan Eron diniy rahbariyatini beqarorlashtirish uchun 400 million dollar so’ragan va “mayli” degan javob olgan.

Mavzkur ma’lumotlarni AQShning “The New Yorker” siyosiy-ijtimoiy jurnali tarqatmoqda.

Jurnalga intervyu bergan razvedkachi, qonunchi va harbiylarning ism-sharifi oshkor etilmagan. Ammo ular AQSh Erondagi muxolif guruhlarni moliyaviy quvvatlash va mamlakat atom dasturi bilan bog’liq nozik ma’lumotlar yig’ish uchun ko’proq mablag’ sarflashga ahd qilganini tasdiqlaydi.

Yangi operatsiyalar haqidagi qaror “o’ta maxfiy” deb belgilangan va jurnalga ko’ra, Bush unga imzo chekib bo’lgan.

XS
SM
MD
LG