AQSh qonunchilari Xitoyda faollar bilan uchrasha olmagan


Xitoy rasmiylari bir necha mahalliy dissident huquqshunosga Pekinga tashrif buyurgan AQShning ikki nafar kongressmeni bilan uchrashishga ruxsat bermagan.

Kongressmen Kris Smit AQShning Xitoy bo’yicha komissiyasi a’zosi. Xitoyning ashaddiy tanqidchisi. U bir necha oy burun Tibetdagi namoyishlarning kuch bilan bostirilganini qoralagan.

Qonunchining aytishicha, mahalliy rasmiylar uning Xitoyga tashrifiga ham cheklovlar qo’ygan.

"Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi yuristlar bilan uchrashishimiz kerak edi, ammo politsiya ularni olib ketib qamab qo’ygan," deydi Kristofer Smit.

Huquqshunoslarning ikki nafari o’tgan oy Oq Uyda prezident Jorj Bush bilan uchrashgan, AQSh demokratik jamg’armasi tomonidan sovrin olgan edi.

Smitga hamrohlik qilgan kongressmen Frenk Vulf Vakillar Palatasi Tashqi aloqalar qo’mitasi a’zosi.

Uning aytishicha, AQSh qonunchilari Xitoy rasmiylariga 734 xitoylik siyosiy mahbus ismlari bitilgan ro’yxatni taqdim etib, ularning ahvoli bo’yicha ma’lumot berishni talab qilgan.

XS
SM
MD
LG