Breaking News

AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasining 17-yillik sessiyasida ishtirok etish uchun Ostonaga borgan AQSh qonunchilari fikricha, Qozog’iston G’arbga va’da qilgan siyosiy islohotlarni amalga oshirmagan. Ma’lumki, Qozog’iston 2010 yilda tashkilotga bir yil davomida raislik qiladi.

AQShning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Komissiyasi, ya’ni Xelsinki Komissiyasining raisi, senator Benjamin Kardin fikricha, vaqt oz qolyapti va Qozog’iston saylov tizimi, matbuot erkinligi, siyosiy partiyalar bo’yicha Yevropa qo’ygan shartlarni bajarishi lozim. Qo’shma Shtatlar Qozog’istonning tashkilotga raislik qilish da’vosini qo’llab-quvvatlagan.

Xelsinki Komissiyasi hamraisi kongressmen Elsi Xeystingsning aytishicha, Qozog’iston rahbarlari bilan uchrashuv chog’ida xalqaro majburiyatlarning bajarilish zarurligiga e’tibor qaratilgan.

XS
SM
MD
LG