Breaking News

Eron tunda yana raketa sinovlari o'tkazgan


Eron, shuningdek, kecha o’rta va uzoq masofaga ucha oladigan 9 raketa uchirilgan edi. 2 ming kilometr naridagi nishonni urishga qodir Shahob-3 raketasi shular jumlasidan.

"Qo’shma Shtatlar mintaqadagi davlatlar, xususan, Isroilni himoya qilishga tayyor",- deydi Davlat kotibasi Kondoliza Rays.

Rasmiy Vashington nazarida Eron BMT rezolyutsiyasiga zid ravishda ish tutmoqda.

AQSh Fors ko’rfazida mudofaa choralarini kuchaytirmoqda.

Mudofaa vaziri Robert Geyts ta’biricha esa qurolli mojaro haqidagi xavotirlar o’rinsiz.

"Vashington Eronga nisbatan diplomatik va iqtisodiy choralar ko’rish tarafdori. Biroq vaziyat Yevropada raketa hujumidan mudofaa tizimi o’rnatishni taqozo etmoqda",- deydi Geyts.

Taxminlarga ko'ra, Eronning Shahob-3 raketasi Qora dengizning g’arbiy sohili, ya’ni deyarli Yevropagacha yetib borishga qodir.

“Rossiya shu paytgacha “Eron yaqin 10-20 yil ichida qudratli raketa yarata olmaydi” deb kelar edi. Vaziyat buning aksini ko’rsatmoqda",- deydi AQSh mudofaa vaziri.

Hafta boshida AQSh va Chexiya radar tizimi o’rnatish borasida hujjat imzoladi. Polsha bilan muzokaralar davom etmoqda.

Eron Inqilobiy Gvardiyasi qo’mondoni Husayn Salomiyning aytishicha Tehron har qanday dushmanga istagan vaqt shuddatli zarba berishi mumkin.

"Eron bilan urush boshlagan taqdirda AQSh va Isroilning Fors Ko’rfazidagi harbiy kemalarini portlatamiz",- deydi Tehron rasmiysi.

Eron va AQSh o’rtasida urush ehtimoli haqida esa Robert Geyts shunday deydi:

"Xavotir va tashvishlar ko’p. Lekin har qanday qurolli mojaroning oqibati nima bo’lishini barchamiz tushunamiz. Bush ma’muriyati Eronga nisbatan diplomatik va iqtisodiy siyosat yuritishni ma’qul ko’radi”, - deydi AQSh mudofaa vaziri.

XS
SM
MD
LG