Afg'onistonda afyun balosi uchun hukumat javobgarmi?


"Jahon qoradori hosilining 90 foizini Afg'oniston yetkazib beradi va bunda Tolibon qatorida afg'on hukumati ham aybdor", - demoqda AQSh Davlat departamenti sobiq rasmiysi Tomas Shveyk.

Nyu-York Tayms gazetasida yozgan maqolasida, Shveyk prezident Hamid Karzayni narkotiklar savdosi bilan shug'ullanayotgan yuqori lavozimli rasmiylarni himoya qilayotganlikda tanqid qiladi.

Tomas Shveyk AQSning Kobuldagi elchixonasida ikki yil ishlagan. Narkotiklarga qarshi kurash bo'limini boshqargan. Uning fikricha Afg'onistonning yaqinda ishdan olingan bosh prokurori Abdul Jabbor Sobit korrupsiyaga botgan rasmiylar ro'yxatini tuzgani uchun ham jazolangan.

"AQSh va ittifoqchi davlatlar qo'shini diqqatni asosan jangarilarga qarshi kurash hamda mahalliy aholi ishonchini qozonishga qaratmoqda", - deydi AQShning Kobuldagi elchisi Villiam Vud.

Biroq qoradori savdosi va xavfsizlik bir-biriga chambarchas bog'liq muammolar.
XS
SM
MD
LG