Breaking News

Bo'lginchi guruh Xitoyda xuruj rejalaganini tan oldi


Turkiston Islomiy Partiyasi mazkur yili Xitoyda bir necha portlashlar uyushtirganini tan olmoqda. Biroq rasmiy Pekin buni rad etadi.

Tahlilchilar fikricha, uyg’ur mustaqilligini talab qilib kelayotgan bu guruh yozgi Olimpiya o’yinlari oldidan xurujlar uyushtirishga qodir va masalaga jiddiy yondashish lozim.

Turkiston Islomiy Partiyasi tilga olayotgan ikki portlashda 5 kishi halok bo’lgan edi. Xitoyning Venjou va Guangjou viloyatlarida ham politsiyachilarga hujum qilingani aytiladi. Xitoy politsiyasi bu da’volarni rad etmoqda.

Tahlilchi Ben Venzke nazarida guruh Olimpiya o’yinlari oldidan e’tibor qozonishga urinayotgan bo’lishi mumkin, ammo terror xurujlari ehtimolini rad etib bo’lmaydi.

Turkiston Islomiy Partiyasi, video murojaatida, hatto biologik qurollardan foydalanishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

“Guruh biologik qurolga ega ekani noma’lum. Biroq yozgi musobaqa davomida qo’poruvchilik xuruji rejalayotgani haqidagi tahdidlarga jiddiy yondashgan ma’qul”, - deydi tahlilchi Ben Venzke.

Turkiston Islomiy Harakati Xitoy g’arbida - Shinjon Uyg’ur Muxtoriyatida mustaqillik va erkinlik uchun kurashayotgan guruhlardan biri. Al-Qoida va Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati bilan ham aloqada ekani ma’lum.

XS
SM
MD
LG