Janubiy Osetiyada harbiy harakatlar avjida


Gruziya armiyasi hudud poytaxti Sxinvaliga kirgan. Gruziya prezidenti Mixail Saakashvilining CNN telekompaniyasiga aytishicha, gruzin harbiylariga qarshi Rossiya jang qilmoqda. Sxinvaliga Rossiya tanklari kirgani haqida aytilmoqda. Saakashvili Janubiy Osetiyani rasmiy Tbilisi nazorati ostiga olishga buyruq bergan.

Rossiya Mudofaa vazirligi nazarida tanklar Janubiy Osetiyadagi rossiyalik tinchlikparvar qo’shinlarga yordamga yuborilgan. Gruziya Rossiyadan shaharlarini havodan o’qqa tutishni bas qilishni so’ramoqda. Rossiya samolyotlari Tbilisi yaqiniga bir necha bomba tashlagan, deydi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shota Utiashvili.

Saakashvilining aytishicha, Gruziya kuchlari Rossiyaga qarashli ikkita samolyotni urib tushirishga muvaffaq bo’lgan. Prezident Dmitriy Medvedev Janubiy Osetiyadagi Rossiya fuqarolarini himoya qilishga so’z bermoqda.

Ba’zi xabarlarga ko’ra, Gruziya Iroqdagi ikki ming askarini zudlik bilan vatanga qaytarmoqda.

XS
SM
MD
LG