Tojikiston korrupsiya chuqur ildiz otgan davlatlar ro'yxatida


Jahon bo’ylab korrupsiyani o’rganuvchi xalqaro tashkilot 150 mamlakatda tadqiqot o’tkazgan. Xulosaga ko’ra, Tojikiston korrupsiya chuqur ildiz otgan davlatlar ro’yxatida. Mahalliy tahlilchilar nazarida Tojikiston davlat idoralarining 80 foizida pul bermasdan ish qilib bo’lmaydi.

Mamlakat prezidenti Emomali Rahmon yuoqri minbarlardan turib, jamiyatdagi bu illatni yo’qotish haqida qayg’urib gapiradi. U o’z chiqishlaridan birida hukumat rahbarlari ham qonunga xilof ravishda tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgani va korrupsiyaga botganini ta’kidlagan.

Tojikistonlik jurnalsit Karimjon Zokirov ham respublikada korrupsiya rivoj topganligini e’tirof etadi. Uning fikriga ko’ra, Tojikistonda korrupsiya riviojlanib bormoqda va davr dardi hisoblanadi.

“Martabada bo’lgan har bir kishi, kimlargadir rahbarlik qilayotgan har kishi timsolida biz korrupsiyani ko’ramiz. Bu kasallik maorif, tibbiyot sohasiga ham kirib kelgan. Mamlakat prezidenti tashkil etgan korrupsiyaga qarshi kurash agentligi yaxshi ishlay olmayapti,”- deydi Karimjon Zokirov.

Tojik tahlilchisi Abduqodir Jeloniyning aytishicha, Sherxon Salimov boshilik qilayotgan Tojikiston moliyaviy nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash davlat agentligi tashkil etilganidan so’ng bu illat mamlakatda, aksincha, yanada zo’raygan.

“Biron bir idorayu tashkilot yoqki, odam o’z ishini pora bermasdan hal qilsa. Amerika “ko’kchasi”, ya’ni dollar uzatmasdan turib bu yerda hech ish qilib bo’lmaydi,” - deydi tojik tahlilchisi.

Tojikistonlik o’zbek shoiri Barbod nazarida esa yer yuzida hayot borki, korrupsiya bo’ladi.

“SSSR paytida, diktat paytida ham politbyuro orasida korrupsionerlar bo’lgan. Bu narsa davom etaverad, buniu yo’qotib bo’lmaydi,” – deydi shoir Barbod.

Tojik yozuvchisi Ravshan Zamir “Panjshanbe” bozorida o’zi guvoh bo’lgan kichik voqeani tasvirlaydi:

“Men “Panjshanbe” bozorida bir bolani milisya xodimi ushlab ketayotganda uning “Hoy, mani qo’yvor, haqingni oldingku!” deganini ko’rdim. Bozochi yosh boladan pul olganidan keyin qolganini qo’yavering,” - deydi yozuvchi Ravshan Zamir.

Respublika Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga qaraganda, keyingi uch yil orasida mamlakat kuch tizimlarida ishlovchi o’nlab xodimlar poraxo’rlikda ayblanib jazoga tortilgan.

XS
SM
MD
LG